6 590
O‘zbekiston OTB bilan yo‘l va suv ta’minoti bo‘yicha 573 million dollarlik 4 loyihani amalga oshiradi
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Uchrashuvda OTB delegasiyasining O‘zbekiston vazirliklari va idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
O‘zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investisiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi, deb yozadi "Qalampir" nashri.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot bankining hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan.
Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizasiya qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, O‘zbekistonning turli hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya ob’ektlarini rekonstruksiya qilish, Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yo‘lini elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi