O‘zbekiston IIV maxsus guruhi Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limida faoliyat yurituvchi profilaktika nozirini yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga oldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, profilaktika inspektori “Jizzax Siti” kafesida qoidabuzarlik qilgan jinoyatchini qo‘lga olgach, unga nisbatan ochilgan ishni “yopdi-yopdi” qilish uchun 700 ming so‘m miqdorida pora talab qilgan. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida nopok milisiya xodimi pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan birga qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda.
Doniyor Toshxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar huzuridagi maxsus guruh tomonidan shu kabi milisiya safiga adashib kirib qolgan, xalq manfaatidan o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi hamda vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanuvchi bu kabi “xodimlar”ni aniqlash va ularni jinoiy jazoga tortish bo‘yicha harakatlar davom ettiriladi.
Xususan, shunday tadbirlardan birida Sergeli tumanida ham giyohvand moddalar iste’mol qilayotganlar ushlangan. Bu hodisaning e’tiborli tomoni shundaki, qo‘lga olinganlarning uchchalasi ham ichki ishlar organlari xodimlari bo‘lgan. Biri nafaqaga chiqqan, qolgan ikki nafari profilaktika nozirlari bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi