Toshkent shahrining Bektemir tumanida noma’lum ayol “Qo‘yliq” avtobuslar shoh bekatida Mirobod tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini naqdlashtirib berishni aytgan va aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib hisobida 19 million va 42 million puli bo‘lgan 2 dona plastik kartochkalarini olgan va jami 61 million so‘mdan 6 million so‘mini naqdlashtirib bergan, qolgan 55 million so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan olib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi