Bepusht ayol boshqa insonning tuxum hujayrasi yordamida ona bo‘ldi

  • 25 mart 2017, 10:28
  • 7 429
  • Jamiyat
  • Bepusht ayol boshqa insonning tuxum hujayrasi yordamida ona bo‘ldi
    Yillar davomida farzand kutgan yaponiyalik ayol boshqa insonning urug‘lantirilgan tuxum hujayrasi yordamida ona bo‘ldi. Bu haqda “Nation News” agentligiga tayanib Qalampir.uz xabar qildi.

    Aslida bu jarayon soha mutaxassislari tomonidan OD-NET notijorat tashkiloti tomonidan tajriba amaliyoti sifatida amalga oshirilgandi.

    Bolakay 2017 yilning yanvar oyida dunyoga kelgan. Biroq bu haqdagi ma’lumot omma e’tiboriga endi oshkor etilmoqda.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloq mutlaqo sog‘lom dunyoga kelgan va ayni vaqtgacha uning rivojlanishi yaxshi.

    “Biz avvaliga boshqa insonning urug‘langan tuxum hujayrasini qabul qilishni va uni dunyoga keltirishni istaydigan kishilarni topishda qiynaldik. Biroq baribir topdik.

    Ularning ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lgan daqiqalarini kuzatdik. Axir farzand ko‘rishni juda orzu qilishgandi.

    Biroq bu chaqaloqning tug‘ilishi bilan bog‘liq yagona muammo bor. Bu ham bo‘lsa, mamlakat qonunchiligida notabiiy yo‘llar bilan dunyoga kelgan bolalar ijtimoiy himoya qilinmasligi ko‘zda tutilgan. Biz faqat ana shundan xavotirdamiz”, deydi OD-NET notijorat tashkiloti rahbari Satiko Kisimoto.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bepusht ayol boshqa insonning tuxum hujayrasi yordamida ona bo‘ldi