date

Narkokuryerlarni ushlagan inspektorga Toshkentda mayor unvoni berildi

Narkokuryerlarni ushlagan inspektorga Toshkentda mayor unvoni berildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida narkokurerlar faoliyatini to‘xtatgan profilaktika inspektori kapitan Laziz Abdukarimovga xizmatdagi jasorati uchun muddatidan oldin mayor unvoni berildi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Hodisa "Xavfsiz va sog‘lom mamlakat" oyligi hamda hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida sodir bo‘lgan. 13 mart kuni Xirmontepa mahallasi profilaktika inspektori Laziz Abdukarimov ko‘chada yurgan ikki nafar gumonlanuvchini to‘xtatgan.

Gumonlanuvchilar xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay qochishga uringan, biroq profilaktika inspektori ulardan birini quvib yetib, qo‘lga olgan. Tekshiruv davomida uning yonidagi sumkasidan 59 dona zip-paketga solingan 295 dona pregabalin topilgan.

Tezkor surishtiruvda aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs hududdagi bir nechta joylarga dori vositalarini yashirib, geolokatsiya orqali belgilab ketgan. Shuningdek, gumonlanuvchining sherigi Shayxontohur tumanida ushlanib, uning yonidan tarqatish uchun tayyorlangan 35 dona kuchli ta’sir qiluvchi kapsulalar topilgan.

Kapitan Laziz Abdukarimovning jasorati va qiyin vaziyatdagi qat’iy harakatlari inobatga olinib, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan unga muddatidan oldin mayor unvoni berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Narkokuryerlarni ushlagan inspektorga Toshkentda mayor unvoni berildi