Kim Chen In uzoq masofali artilleriya mashg‘ulotlarini nazorat qildi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In qizi Kim Chju E bilan birga mamlakatning uzoq masofali artilleriya bo‘linmalarining o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdi.
Korea Markaziy axborot agentligi xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda 12 ta yuqori aniqlikdagi 600 millimetrli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va ikkita artilleriya rotasi ishtirok etdi. Ular Yapon dengizi akvatoriyasida qariyb 364 km uzoqlikda joylashgan oroldagi nishonga qarata o‘q uzdi.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘quv mashg‘ulotlari dushmanlarga Shimoliy Koreya taktik yadro qurolining vayronkor kuchini namoyish etishi lozim. Bu mashg‘ulotlar mamlakat mudofaa salohiyatini oshirish va xalqaro hamjamiyatga signal berish maqsadida o‘tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing