Eron Ukrainaga hujum bilan tahdid qilmoqda — Milliy xavfsizlik raisi bayonoti

Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Eron Ukrainaga qarshi harbiy choralar ko‘rishi mumkinligini bildirgan. Aziziy ta’kidicha, Ukraina Isroil rejimini dronlar bilan qo‘llab-quvvatlayotgani va parokandalikka yuz tutgani tufayli amalda urushga aralashgan.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasiga muvofiq, Ukraina o‘z hududini Eron uchun qonuniy nishonga aylantirdi”, — deya yozgan Aziziy.
Ukraina esa Yaqin Sharq mamlakatlari bilan Eron dronlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni faollashtirgan. 8 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, ukrainalik ekspertlar AQSh bazalarini himoya qilish uchun tutuvchi dronlar bilan Iordaniyaga yuborilganini ma’lum qilgan. Jami 11 ta davlatdan, jumladan Yaqin Sharq mamlakatlari, AQSh va ba’zi Yevropa davlatlaridan yordam so‘rab rasmiy murojaatlar kelgan.
Shu bilan birga, Eron uzoq vaqtdan beri Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda yordam berib kelmoqda. Tehron Moskvaga minglab Shahed zarba beruvchi dronlarni yetkazib berib, ularni Rossiya hududida ishlab chiqarish texnologiyalarini ham topshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!