08:34 / 28.03.2017
7 405

Quyoshda sayyora belgilari aniqlandi

Quyoshda sayyora belgilari aniqlandi
Amerikalik olimlar Quyoshda Rossbi to‘lqini deb ataluvchi holatni ro‘yxatga olishdi, u esa faqatgina Erda kuzatiladi. Ilmiy izlanish natijalari Nature Astronomy jurnalida e’lon qilindi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Erda Rossbi to‘lqinlari okeanlar hamda atmosferaning mo‘’tadil kengliklarida uchraydi va ob-havoga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday to‘lqinlarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular sayyoramiz havo qatlamini harakatga keltiradi, Quyoshda esa quyosh atmosferasining mo‘’tadil kengliklarida magnit maydonining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa fazoviy ob-havoning bir qadar tebranishiga sabab bo‘ladi.

Bunday ixtiro SDO (Solar Dynamics Observatory) va STEREO (Solar TErrestrial RElations Observatory) fazoviy qurilmalari yordamida qilindi, ular olimlarga Quyosh tizimining yagona yulduzini 360 darajali rakursda o‘rganish imkonini berdi. Avval bunday tadqiqotlarni amalga oshirish mumkin emasdi, sababi Erdan Quyoshning faqatgina bir tarafi ko‘rinardi, xolos.

Erda Rossbi to‘lqinlari 1930-yillarning oxirida iqlimshunos Karl Gustaf Arvid Rossbi tomonidan aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quyoshda sayyora belgilari aniqlandi