Zulxumor bilan Ikrom (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yashirin tarzda er-xotin bo‘lib yashab kelayotgan edilar, deb yozadi “Kun.uz” nashri.
Bu kimsalar gunoh ishlarini el ko‘zidan yashirish uchun hali suyagi qotmagan, endigina ikki oylik chaqaloqni sotish payiga tushdi.
Birovning uyida ijarada yashayotgan er-xotinning chaqaloq sotish haqidagi xayollari tezda ko‘chaga tarqaldi. Bola oluvchilar ham darrov topildi. Avvaliga Zulxumorning vijdoni qiynaldimi, bolani sotib oluvchilarga “Yo‘q, bolamni sotmayman”, deb rad javobini berdi. Ko‘p vaqt o‘tmay, endi o‘zi bolasiga xaridor izlashga tushdi. Chaqaloq savdosining amalga oshishiga esa norasmiy turmush o‘rtog‘i Ikrom yordam qo‘lini cho‘zdi.
Bola oluvchi bilan uchrashish, unga bolani ko‘rsatish va bahosini kelishish Zulxumorni aslo cho‘chitmadi. Er-xotin kelishilgan pulni olgach, xaridorga murg‘ak Muhiddinning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini va o‘zini kiyintirib, topshirishdi. “Savdo”ni juda tez va silliqqina bitirdim, deb o‘ylab, xursand bo‘lgan bu kimsalar chuchvarani xom sanashgan edi...
Begonalar qo‘liga tekkan go‘dakning bir tomchi ko‘z yoshiga ham arzimaydigan 5 ming AQSh dollarini olib, uyiga shoshayotgan chaqaloqfurushlar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Zulxumor Janaeva va Ikrom To‘ychiev qonun oldida javob berishga majbur bo‘ldilar va sud hukmi bilan bu kimsalarga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi