Kanadaning Toronto shahri qutqaruvchilari noma’lum sabablarga ko‘ra, hech qanday himoya vositasisiz qurilish kraniga chiqib olgan ayolni qutqardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
26 aprel kuni shahar aholisi shahar markazidagi qurilishlardan biridagi balandligi 12 qavatli uy bilan teng bo‘lgan kranning metall konstruksiyasiga chiqib olgan ayolni ko‘rishdi. Voqea joyiga etib kelgan qutqaruv xizmati xodimlari bir necha qutqaruv variantlarini muhokama etib, ayolni qutqarishning yagona yo‘li kran o‘qi orqali yuqoriga ko‘tarilish degan xulosaga kelishdi.
Oqibatda alpinistlarga o‘xshab qurollangan o‘t o‘chiruvchilardan biri kran ilmog‘ida o‘tirgan ayolni qutqarish uchun yuqoriga ko‘tarildi. Jinsi va yengil kurtka kiygan ayol himoya arqoni bilan pastga tushirildi. Qutqaruv ishlari jarayonida ayol qutqaruvchilarga qarshilik ko‘rsatmadi. Uni qutqargan o‘t o‘chiruvchi qiz himoya vositasiz bunday balandlikka qanday ko‘tarilganiga hayron bo‘ldi. Kran tepasiga chiqib olgan ayol, 23 yoshli mahalliy aholi vakilasi Marisa Lazo ekanligi ma’lum bo‘ldi, u o‘zining harakatlarini tushuntirib berolmadi. Marisa jamoat tartibini buzganligi uchun sud oldida javob beradigan va nima uchun kran tepasini mahalliy matbuot vakillariga izohlaydigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi