Rim papasi Melaniya Trampga: “Eringizni nima bilan boqasiz?”

  • 24 may 2017, 21:56
  • 6 667
  • Jamiyat
  • Rim papasi Melaniya Trampga: “Eringizni nima bilan boqasiz?”
    AQSh prezidenti Donald Tramp bugun Vatikanda katolik cherkovi rahbari, Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi.

    Prezident va papaning yakkama-yakka muloqoti yarim soat davom etdi. Shunday so‘ng Fransisk Donald Trampning hamrohlari – rafiqasi, qizi, AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Gerbert Makmaster va boshqalar bilan uchrashdi.

    Tramp va papaning nimalarni muhokama qilgani oshkor etilmadi. Hammalari birga rasmga tushgandan keyin Rim papasi Melaniya Trampga hazil savol berdi: “Eringizni nima bilan boqasiz?” “Pissa bilan”, – deya javob qaytardi AQShning birinchi xonimi tabassum qilgan ko‘yi.
    Aytish kerakki, Melaniya va Ivanka Tramplar Rim papasining huzuriga Vatikan qoidalariga muvofiq uzun qora kiyim va boshida to‘r ro‘mol bilan keldi.

    Manba: Hilol.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rim papasi Melaniya Trampga: “Eringizni nima bilan boqasiz?”