Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Visimsk qo‘riqxonasi xodimlari Feropont nomli dongdor ayiqning raqsga tushganini videoga oldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Feropont archazorni xush ko‘rgani bois ko‘p vaqtini o‘sha erda o‘tkazadi. Xodimlar nima uchun ayiq aksariyat vaqtini archazorda o‘tkazishini bilish uchun daraxtga videokamera o‘rnatishdi.
Videokamera suratga olgan kadrlar tomosha qilinganda, Ferapont u erda raqsga tushishi ma’lum bo‘ldi. Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayiqning raqsini yuqori baholadi.
Qo‘riqxona xodimlari ayiq o‘zining bu qilig‘i bilan mazkur er unga qarashli ekanligini, xo‘jayin o‘zi ekanligini bildirmoqchi bo‘lgan. Bunday holatda ba’zi bir bo‘yi past ayiqlar daraxt ustiga chiqib, er ularniki ekanligini daraxtni silkitgan holda bildirishadi. Natijada boshqa ayiqlar bu erning xo‘jayini ulkan ayiq ekan, deb o‘ylaydi.
Shu bilan birga, Ferapont daraxtga ishqalanishi orqali ortiqcha junidan xalos bo‘ladi. Mutaxassisning fikricha, maymoq bir o‘q bilan ikki quyonni urgan: u o‘z hududini belgilagan, elkasini qashlagan va bir paytning o‘zida raqsga tushgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi