Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida navbatdagi o‘quv yili uchun abiturientlarni qabul qilish jarayoniga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Boshlanadigan o‘quv yilida Samarqand davlat universitetida o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota hajmi oshirilib, bakalavrlar uchun 2000 nafar (o‘tgan yili 1615 nafar), magistrlar uchun 209 nafar (o‘tgan yili 131 nafar) etib belgilandi.
Bundan tashqari, universitetda kimyoviy texnologiyalar, biotexnologiyalar hamda dorivor o‘simliklarni etishtirish texnologiyasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar tashkil etilib, ularda 70 nafar mutaxassis tayyorlash imkoniyati yaratildi.
Magistratura ta’limi yo‘nalishida shu davrgacha mavjud bo‘lmagan o‘zbek tili va adabiyoti, etika va estetika hamda atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida esa o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 604, magistrlar uchun 66 nafar etib belgilandi. O‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota o‘tgan yildagiga qaraganda 104 nafarga ko‘paydi.
Ayni paytda qabul komissiyalarida abiturientlardan qabul qilinadigan hujjatlar, ma’lumotlar aks etadigan maxsus e’lon taxtalarini tayyorlash, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor javob berish, “ishonch telefoni” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Abiturientlarga hujjat topshirish jarayonida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari savdosi, suratga olish, ovqatlanish, abiturientlar va ularning ota-onalariga hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoit tashkil qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi