15:59 / 17.06.2017
8 302

Shavkat Mirziyoyev yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 15 iyunida ot sportini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi. Mazkur hujjat ushbu sohaga ulkan imkoniyatlar yaratib, O‘zbekistonda yilqichilik va ot sportining rivojlanishiga, shuningdek, respublika milliy boyligi bo‘lgan – qorabayir va axaltekin zotli otlarni saqlabgina qolmasdan, ularning ko‘payishiga ham xizmat qiladi.

Hujjatda aytilishicha, yaqin kunlarda O‘zbekiston ot sporti federasiyasi qoshida yilqichilik hamda ot sportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Fondi tashkil etiladi. Fond mablag‘lari ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, hakamlar, veterinar hamda taqachilar malakasini qayta tayyorlash va oshirishni takomillashtirish, tajriba almashish, kasbga oid ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, yuqori natijalarga erishgan sportchi, murabbiy, zootexnik hamda yilqichilarni moddiy va ijtimoiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va muassasalar bilan birgalikda va 2017-2021 yillar davomida yilqichilik va ot sportining umumiy rivojlanishi bo‘yicha loyiha ishlab chiqaruvchi ishchilar guruhi tashkil etiladi, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.

Asosiy e’tibor normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va qorabayir hamda axaltekin zotli nasldor va sportchi otlarni etishtirib, ko‘paytirishga qaratiladi. Aynan shu maqsadda mazkur zotli yilqilarni etishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha zamonaviy majmualarni qurish hamda xalqaro ot sporti Federasiyasining talablarini hisobga olgan holda “Markaziy ippodrom” AJda ta’mirlash va yoritish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston ot sporti Federasiyasi 2021 yilning 1 yanvarigacha barcha soliq to‘lovlari va Davlat maxsus fondlariga majburiy pul o‘tkazmalari hamda sport invertarlari, sport otlari, naslchilik mahsulotlari, em va ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya dori-darmonlari va jihozlarni olib kirishdagi bojxona to‘lovlaridan (bojxona bojidan tashqari) ozod qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi