Qozog‘istonning Olmaota shahrida dahshatli YTH yuz berdi. 2 kishi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga etkazildi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Toyota Camry va Mercedes mashinalari bir yo‘ldan ketayotgan vaqtida, yapon avtomobili chap tarafga burilishni boshlagan. Mercedes esa uni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘lga chiqqan va yon tomondan Toyota Camry bilan to‘qnashgan.
Toyota Camry’ga yon tarafdan zarba urilgach, mashina aylanib ketib, to‘siqqa urilgan. Bu vaqtda esa Toyota’da o‘tirgan qiz avtomobildan uchib chiqib, Mercedes g‘ildiraklari ostiga tushgan.
Mercedes qizning ustidan bosib o‘tgach, guvohlar voqea joyiga darhol etib kelishdi. Mashinani ko‘tarib, uning ostidagi qizni chiqarib olishdi. Ular tez yordam xizmati va polisiyani chaqirishgan.
Polisiya vakillari etib kelishganida, Mercedes mashinasida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri haydovchi ekanini aytgan. Guvohlar esa haydovchi boshqa kishiligini va u mast holda bo‘lganini aytishmoqda. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi