14:48 / 23.06.2017
6 852

MXX xodimlari Farg‘onada jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilishga va’da bergan firibgarni qo‘lga olishdi

MXX xodimlari Farg‘onada jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilishga va’da bergan firibgarni qo‘lga olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati vakillari jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilishga va’da bergan firibgarni tutish uchun maxsus operasiya o‘tkazdi.

Quva tumanida yashovchi “M.A.” ismli shaxs MXX organlariga o‘zini Kamolxon Rahimov deb tanishtirgan kishi qarindoshiga nisbatan ochilgan jinoyat ishini to‘xtatishni va uni qamoq jazosidan qutqarishga va’da berib, 8 ming AQSh dollari talab qilayotgani haqida xabar qilgan.

Uning ma’lum qilishicha, Kamolxon Rahimov bu pullarni Farg‘ona viloyatining sudidagi tanishlariga berishini aytgan.

Fuqaroning bu arizasidan so‘ng MXX xodimlaridan iborat operativ guruh tashkil etildi. Natijada firibgar Farg‘ona shahridagi “Jumanji” kafesida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Rahimovga firibgarlik hamda pora olganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX xodimlari Farg‘onada jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilishga va’da bergan firibgarni qo‘lga olishdi