23:29 / 01.07.2017
5 834

Toshkent viloyatida bir yigit o‘z qarindoshini pichoqlab qo‘ydi

Toshkent viloyatida bir yigit o‘z qarindoshini pichoqlab qo‘ydi
Hayot bo‘sag‘asida turgan yoshlar ilm-hunar yo‘lini tanlash o‘rniga, o‘smirlik ongida xorijiy filmlar ta’sirida zo‘ravonlik va bosqinchilik kabi illatlar shakllanib ulgurgan fe’lidan chiqib keta olmayotganliklari bois ham ayrim hollarda og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga ham sabab bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz, 1987 yilda tug‘ilgan Shermurod Bakiev (ismlari o‘zgartirilgan) uyi oldida qarindoshi, 1983 yilda tug‘ilgan Mirali Qo‘chqorov bilan o‘zaro janjallashib, Mirali Qo‘chqorovning qorniga oshxona pichog‘ini urib, tan jarohati etkazgan.

Natijada jabrlanuvchi Mirali Qo‘chqorov “chap ko‘krak qafasi plevral bo‘shlig‘iga sanchilib kirgan jaroxat” tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida bir yigit o‘z qarindoshini pichoqlab qo‘ydi