8 iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida tushgan savollarni echish yo‘llari, jumladan qonunchilik va qonunosti hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar batafsil muhokama qilish yuzasidan idoralararo majlis o‘tkazdi.
Majlis ishida Prezident Devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari bo‘yicha agentlik va boshqa davlat strukturalari vakillari ishtirok etishdi.
Unda O‘zbekiston fuqarolarining chiqish vizalarini olish bilan bog‘liq ko‘p sonli muammolari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga murojaat qilganlarning 9,5%) borasida turli variantlar, xatto ularni to‘liq bekor qilinish haqida mulohazalar bildirildi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.
Xorijdagi mehnat faoliyatini lisenziyalash va undan kelib chiqadigan konsullik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlar borasida joriy amaliyotni soddalashtirish va on-layn ro‘yxatga olish tizimini joriy qilish to‘g‘risida taklif bildirildi.
Manba: uz24.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi