13:26 / 11.07.2017
15 461

Misr malikasi Kleopatra aslida go‘zal bo‘lganmi? (Foto)

Misr malikasi Kleopatra aslida go‘zal bo‘lganmi? (Foto)
Misr malikasi Kleopatraning go‘zalligi haqida turli afsonalar yuradi, deb xabar beradi Darakchi.uz nashri.

Aslida esa Kleopatra biz o‘ylagan darajada go‘zal ayol bo‘lmagan. Kembrijlik misrshunos olim Salli Enn Eshton uzoq yillar davomida Kleopatraning tashqi qiyofasi ustida ish olib borib, quyidagi xulosaga keldi.

U Kleopatraning tashqi qiyofasini o‘rganishda malikaning surati aks etgan tangalar, Misrning Dender shahar ibodatxonasidagi haykallar va shajarasining tahlilidan foydalandi.

Aniqlanishicha, Kleopatraning burni katta, labi ingichka va iyagi uchqur bo‘lgan. Bunday tashqi qiyofaga ega, qorachadan kelgan ayol dunyo go‘zali unvoniga ega bo‘lishi dargumon. Britaniyalik olimlar malika Kleopatraning qaddi-qomati ham noproporsional bo‘lib, bo‘yi 152 santimetrni tashkil etganligini ham aniqlashdi. U to‘lachadan kelgan, baqaloq ayol bo‘lgan.

Yunon tarixchisi Plutarx Kleopatrani quyidagicha ta’riflagan: “Kleopatra juda go‘zal ayol bo‘lmasa ham odamni o‘ziga maftun qiladigan darajadagi yaxshi suhbatdosh edi. Uning ovozi mayin bo‘lib, suhbatdoshining qalbida mehr-muhabbat uyg‘otardi”.

Kleopatra insonning tashqi qiyofasi emas, balki ichki dunyosi boy bo‘lishining yorqin namunasidir. Ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan odam har qanday insonni o‘ziga maftun eta olishini Kleopatra yana bir bora isbotladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Misr malikasi Kleopatra aslida go‘zal bo‘lganmi? (Foto)