18:11 / 07.08.2017
7 745

Avgustning ikkinchi yakshanbasi O‘zbekistonda qurilish sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilindi

Avgustning ikkinchi yakshanbasi O‘zbekistonda qurilish sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilindi
2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.

Ushbu bayram respublikada amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida belgilandi.

Avvalroq, Prezident farmoni bilan avgust oyining birinchi yakshanbasi temir yo‘l xodimlari kuni deb e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avgustning ikkinchi yakshanbasi O‘zbekistonda qurilish sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilindi