Bangkokda o‘zbekistonlik fuqarolar jarohat oldi, biri vafot etdi

Bangkokda avtobus ishtirokidagi yo'l-transport hodisasidan jabr ko'rganlar orasida O'zbekistonning bir necha fuqarosi ham bor edi. Xabarlarga ko'ra, O'zbekistonning to'rt nafar fuqarosi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, ulardan biri esa og'ir jarohatlar oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Jarohat olgan qolgan uch nafar fuqaro zudlik bilan tibbiy yordam oldi. Dunyo axborot agentligi keltirgan ma'lumotlarga ko'ra, keyinchalik ular barqaror holatda shifoxonadan chiqarilgan.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti vaziyatni alohida nazoratga olganini ma'lum qildi. O'zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari jabrlangan fuqarolarga barcha zarur yordamni ko'rsatmoqda.
Rasmiylar halok bo'lgan fuqaroning oila a'zolari bilan ham bog'langan. Hozirda jasadni O'zbekistonga qaytarishni tashkil etish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda. Rasmiylarga ko'ra, bu choralar xorijdagi fuqarolarni himoya qilish va og'ir damlarda ularning yaqinlariga zarur ko'mak ko'rsatishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!