00:02 / 08.08.2017
6 347

Dollar bola (parodiya)

Dollar bola (parodiya)
Abdulhay Karimovning «Tӯybola» qӯshig‘iga parodiya

Odamlarni eshak qilar, ot qilar,
Qora bozorni yomon desang, dod qilar.
Qimmatlikda rublni ham mot qilar,
Toychoq bo‘lib, “chopib” yurgan dollar bola!

Yaxshi ko‘rib o‘ynagani sum bo‘lar,
Pulning ini—banklarda bir zum bo‘lar…
Tug‘ilibon qaylargadir gum bo‘lar,
Sakkiz mingni “oshib” yurgan dollar bola!

Yaxshi ko‘rar ammalaru xolalar,
Tanir xatto uchga kirgan bolalar.
Qaylardadir “ko‘kat” topar tog‘alar—
Kambag‘aldan “qochib” yurgan dollar bola!

Yarashadi ustimizdan kulsa ham,
Erdan yiroq, “osmonlar”da tursa ham.
Uyat bo‘lmas, o‘n minglikni “ursa” ham,
Erkalikni “chochib” yurgan dollar bola…

Dadalarning armonlarin o‘ldirar,
Ayalarning sandiqlarin to‘ldirar.
“O‘rtoqlar”in inflyasiyaga to‘ydirar,
Problemani “echib” yurgan dollar bola…

Katta bo‘ldi, o‘zi topar “noni”ni,
Qora bozorga fido qilar “joni”ni…
Tiklab qo‘ydi “kal bobo”ning sha’nini,
“Koinot”da “uchib” yurgan dollar bola…

Muslim Mirzajonov

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dollar bola (parodiya)