11 624
“Axmadboy ishi”ning tafsilotlari: 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari musodara qilindi
9 avgust kuni Toshkent viloyat sudida xalq orasida Ahmadboy ismi bilan tanish bo‘lgan Ahmadjon Tursunboyev hamda uning 6 nafar sherigi ishi bo‘yicha olib borilgan sud tinglandi.
Sudda Ahmadjon Tursunboyev tashkil etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 11 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi.
Ahmadjon Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. U 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) “a”, “b” bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) “a”, “v” bandlari bilan ayblanmoqda.
Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari 2016 yilda Chinoz tumanida qo‘lga olingan edi. Ushbu jinoiy to‘da odamlardan ikki barobar qilib qaytarishni va’da qilib, katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy hamda xorijiy valyutada olgan. Bundan tashqari, foiz hisobida odamlarga xorijiy valyutada qarz bergan.
Ahmadjon Tursunboyev hamda yaqin qarindoshlarining uylaridan 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ borligi aniqlandi va bu pullar daliliy ashyo sifatida musodara qilindi. Shuningdek, Ahmadboyning garajida Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomobillar topildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi