“Otalar choyxonasi”da qimorxona tashkil etgan qimorbozlar ushlandi

  • 16 avgust 2017, 11:46
  • 4 533
  • Jamiyat
  • “Otalar choyxonasi”da qimorxona tashkil etgan qimorbozlar ushlandi
    Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan maxsus «Tozalash- Antiterror» tadbiri chog‘ida choyxonada qimorxona tashkil etilgani aniqlandi. Shu bilan birga ulardan daliliy ashyolar va qimorga tikilgan pullar olingan. Bu haqda Andijon IIB matbuot xizmatiga tayanib Kun.Uz ma’lum qildi.

    2017 yil 15 avgust kuni tungi 01:50 larda, o‘tkazilayotgan tadbir va tungi xizmat davomida Asaka tumani Ko‘ngil ko‘chasida yashovchi B.I. shu ko‘chada joylashgan «Otalar choyxonasi»da noqonuniy ravishda qimorxona tashkil etgan. U Asaka tumani J.Manguberdi ko‘chasida yashovchi A. O, Asaka tumani Tillaxon ko‘chasida yashovchi A.A, Asaka tumani Asaka ko‘chasida yashovchi A.U, Asaka tuman Asaka ko‘chasida yashovchi S.D va Asaka tuman Asaka ko‘chasida yashovchi T.G.larga cho‘tal puli evaziga qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib berganligi aniqlandi.

    Ashyoviy dalil sifatida 4 dona oshiq suyagi, 7 dona elim stakan, 136 ming so‘m cho‘tal puli va 658 ming 500 so‘m «dov»ga tikilgan pullar olingan.Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormokda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Otalar choyxonasi”da qimorxona tashkil etgan qimorbozlar ushlandi