12:54 / 19.08.2017
6 763

Sertifikatga ega abiturientlar chet tili fani bo‘yicha test sinovidan ozod qilinadi

Sertifikatga ega abiturientlar chet tili fani bo‘yicha test sinovidan ozod qilinadi
11 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.uz.

Qaror bilan tegishli davlat organlariga quyidagilar topshirildi:

- 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tilini o‘zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlarida belgilangan “Tinglab tushunish” (Listening), “O‘qish” (Reading), “Yozish” (Writing), “Gapirish” (Speaking) ko‘nikmalari asosida baholab borish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

- 2018 yil 1 yanvardan boshlab chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga (keyingi o‘rinlarda – malaka sertifikati) ega bo‘lgan o‘quvchi, talaba va pedagoglarga etakchi xorijiy ta’lim muassasalarida til o‘rganish amaliyotini tashkil etish;

- 2018 yil 1 sentyabrga qadar chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

- 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilarni ta’minlash:

  • OTMlarining chet tili kafedralari bazasida professor-o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda mutaxassislik fanlarini chet tilida o‘qitish bo‘yicha kurslarni tashkil etish;
  • til o‘rganishni xohlovchi talabalar uchun OTMlarida muloqot darajasida til o‘rgatish bo‘yicha intensiv kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mutaxassisliklar bo‘yicha atamalar lug‘atlarini yaratish, chet tillarda turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, chet ellik etakchi mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, mutaxassislik fanlari bo‘yicha chet tillarida ma’ruzalar tashkil etish;
  • mutaxassislik fanlaridan chet tilida dars beradigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari pedagoglarining ish haqlariga 100 foizgacha ustamalar belgilash tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • - 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etish:
  • malaka sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga lisey, kollejlarga (A2 va undan yuqori), abiturientlarga OTMlari bakalavriatiga (V1 va undan yuqori) va magistraturasiga (V2 va undan yuqori) kirishda test sinovlarida chet tili (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha maksimal ball berish va chet tili fanidan test sinovidan ozod etish;
  • B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan maktab, lisey, kollejlar pedagoglarini attestasiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholash va sinovdan ozod etish.


Hujjat 14 avgustda kuchga kirdi.

Manba: «Uz24.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sertifikatga ega abiturientlar chet tili fani bo‘yicha test sinovidan ozod qilinadi