5 461
AQSh Prezidentining o‘g‘li Maxfiy xizmatning kuniga 24 soatlik himoyasidan voz kechmoqchi
AQSh Prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp Maxfiy xizmatdan o‘zini tun-u kun himoya qiladigan qo‘riqchilaridan xalos etishni so‘radi. Bu haqda CNN telekompaniyasiga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh davlat rahbarining to‘ng‘ich o‘g‘li iyun oyida Bagam orollaridagi dam olish vaqtida o‘zi va oilasi butunlay qo‘riqlanmasligini so‘ragan. Maxfiy xizmat bunga rozi bo‘lmagan, ammo kichik Tramp so‘zida qat’iy turib olgan. Shundan so‘ng Prezidentning o‘g‘li va uning oilasi bir necha kun davomida yaxtada o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi haqida Daryo.uz yozdi.
Endilikda kichik Tramp agentlardan bir sutkada 24 soat qo‘riqlamasliklarini so‘ramoqda. Uning talabi qondirilganmi yoki yo‘q hozircha bu haqida ma’lumotlar mavjud emas. Maxfiy xizmat ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi ham, inkor etmadi ham.
Avgust oyining oxirida Maxfiy xizmatning yangi direktori Rendolf Alles «USA Today» ga bergan intervyusida xodimlarining yillik ish haqi fondi tugaganini ma’lum qilgan edi. Ming nafardan ortiq agentga mo‘ljallangan yillik ish haqi hisob-kitoblardan oshib ketgan. Bunga esa Maxfiy xizmat 42 kishini qo‘riqlashiga (ularning 18 nafari Tramp oilasi a’zolari) to‘g‘ri kelayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Barak Obama prezidentligi davrida uning qo‘riqchilari 31 kishini tashkil etardi. Tramp esa muntazam ravishda dam olish kunlarini Vashingtondan tashqarida, Florida, Nyu-Jersi va Virjiniyadagi golf-klublarda o‘tkazadi. Uning katta farzandlari ham ish yuzasidan xorijda tez-tez safar uyushtirib turishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi