Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylashga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Institut rektori O‘.Umrzoqov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur tuzilma ertamiz davomchilarining haq-huquqlarini ta’minlash, ularda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hissini qaror toptirishda beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mamlakatimiz qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaydigan yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Institutning iqtisodiyot va menejment fakulteti to‘rtinchi bosqich talabasi Akmal Berdimurodov Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi