Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Nurulloh Muhammad Raufxonning o‘g‘li Fayzulloxon Otaxonov adibning qo‘yib yuborilganligi xabarini tarqatdi. “Hozirgina uydan xabar keldi. Dadamlarni aeroportdan kishanlangan holda olib borilgan Yashnobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining xizmat mashinasida Toshturmadan chiqarib eshigimiz tagiga qo‘yib ketgan...
..Bundan keyin nima bo‘ladi hozircha ma’lum emas, hech qanday tushuntirish berishmagan. Ammo uyda bo‘lishlari barchamiz uchun katta yangilik”, deb yozgan adibning farzandi. U, shuningdek, yozuvchini qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirgan.
Taniqli yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon 27 sentyabr kuni Turkiyadan uchib kelganda aeroportda hibsga olingan edi.
Adib haqida qisqacha ma’lumot.
Nurulloh Muhammad Raufxon 1955 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Adib «Yo‘l boshida» «Dunyo keng», «Shu yerlik kishi»kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari orqali o‘zbek kitobxonlariga tanish. Yozuvchining «Oq bino oqshomlari» hikoyasi asosida badiiy film ham suratga olingan. Bundan tashqari, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni asosida ikki seriyali filmning kinossenariycini yozgan.
Nurulloh Otaxonov uzoq yillar davomida «Yoshlik» (Bo‘lim mudiri), «Mushtum» (Masul kotib), «Sharqyulduzi» (Bo‘lim mudiri) jurnallarida ishlagan, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasining «Hidoyat» jurnali va «Movarounnahr» nashriyotiga rahbarlik qilgan. 2013 yilda muharrirlik faoliyatini yakunlagan yozuvchi ikki yildan beri Turkiyada istiqomat qilayotgan edi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi