14 noyabr kuni tungi soat taxminan 04:00larda Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Mirzo Ulug‘bek tumani hududida xizmat vazifasini olib borilgan. Ayni shu paytda “Oqqo‘rg‘on” ko‘chasi bo‘ylab bolalar aravachasi bilan o‘tib ketayotgan shubhali ayol tekshirish uchun to‘xtatilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati tomonidan xabar berilmoqda.
O‘tkazilgan tekshiruv davomida ushbu ayol 1972 yilda tug‘ilgan Liliana Nalilevna Yejkova ekanligi ma’lum bo‘lgan. U 14 noyabr kuni tungi soat 03:00larda Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uyning yo‘lagida turgan o‘zganing mulkini o‘g‘irlashda gumon ostiga olingan.
Aniqrog‘i, gumondor ko‘p qavatli uyning yo‘lagida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Akmal Asrarovich Astanovga tegishli bo‘lgan bolalar aravachasi, velosiped va samokatini o‘g‘irlagan, so‘ng jinoyat joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismiga asosan o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda