20:05 / 21.12.2017
6 603

Ertaga Toshkentda arzonlashtirilgan "Yangi yil yarmarkasi" ochiladi

Эртага Тошкентда арзонлаштирилган "Янги йил ярмаркаси" очилади
Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari bozorlardagi mahsulotlar narxi o‘sishi holati ko‘p kuzatiladi. Bunday vaziyatda aholining cho‘ntagiga katta ziyon yetishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan arzonlashtirilgan maxsus savdo yarmarkalari ishga tushiriladi. Ulardan biri O‘zbek milliy akademik drama teatri hovlisida ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Ertaga, 22 dekabrdan boshlab, O‘zbek milliy akademik drama teatri hovlisida Madaniyat san’ati xodimlari uchun soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yangi yilga atalgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, yarmarka haqida ma’lumot berilar ekan, unda 50 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari imtiyozli, qulay va xamyonbop narxlarda sotilishi, mahsulot miqdori chegaralanmagani ta’kidlangan.

Ish bilan band bo‘lganlarning o‘rniga oila a’zolari kelib xaridlarni amalga oshirishi mumkinligini aytish ham yoddan chiqarilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ertaga Toshkentda arzonlashtirilgan "Yangi yil yarmarkasi" ochiladi