O‘zbekistonda ilk bor Uzcard tizimi orqali Unionpay International xalqaro to‘lov kartalarida tovar va xizmatlar uchun pul to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur xizmat Yagona umumrespublika protsessing markazi va "Qishloq qurilish bank" hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga o‘rnatilgan "Qishloq qurilish bank" terminallarida bir vaqtning o‘zida Uzcard va Unionpay International xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun bank terminallariga maxsus dasturni yuklab olinsa kifoya.
Bugungi kunda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi.
Bu xizmatning joriy etilishi xorijlik mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Kelgusida "Qishloq qurilish bank" faqatgina Unionpay International tizimi bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqaro to‘lov tizimlarini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, China UnionPay 2002 yilda Xitoy milliy to‘lov tizimi sifatida yaratilgan. Hozirda Unionpay kartalari dunyoning 156 mamlakatida qabul qilinadi.
MDH davlatlarida UnionPay kartalari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjonda to‘lov uchun qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi