2017 yilning 24 avgustidan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov kecha, 22 yanvar kuni MAKdagi lavozimini yangi egasiga topshirgan. Bu haqdagi xabarlarni MAK rasmiylari tasdiqladi.
Ma’lum qilishlaricha, sobiq Bosh direktor Ro‘ziqulovning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyor Hakimov Ulug‘bek Ro‘ziqulovning o‘rnini egallagan.
Ulug‘bek Ro‘ziqulov 2017 yilning avgust oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-“O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi lavozimlarida ishlagan edi.
Ayni damda Ro‘ziqulovning qaysi tashkilotda ish boshlagani haqida xabarlar yo‘q.
Joriy yilning 18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida sodir bo‘lgan fojiada odamlar qisman “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni ham aybdor qildi. MAK ayrim xalqaro qatnovlar, xususan Rossiyaga reyslar bo‘yicha monopoliyani o‘rnatmaganda, chiptalar narxi arzon bo‘lganda, odamlar emin-erkin samolyotda uchgan bo‘lardi, buzuq avtobuslarga kuni qolmasdi, qabilidagi tanqidlar tinmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi