Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi chinozlik Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev) va uning sheriklari ishi bo‘yicha yakuniy sud majlislari bo‘lib o‘tadi.
«Daryo» nashri bergan axborotga ko‘ra, 16 fevral kuni sudlanuvchi Ahmadboy va uning sheriklariga so‘nggi so‘z aytish imkoni beriladi. 19 fevral kuni esa sud hukmi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lum qilishlaricha, sud majlislari jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi (Toshkent shahri, Rustaveli ko‘chasi, 93-uy)da bo‘lib o‘tadi.
Ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan (moliyaviy piramida tashkil etgan) chinozlik Ahmadboy 2016 yil iyuni oyi o‘rtalarida qo‘lga olingan edi. U bunday faoliyat bilan bir necha yil shug‘ullangan — qo‘lga olingan vaqtida Ahmadboyga pul bergan yoki undan pul olgan odamlar soni bir necha o‘n mingga yetgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblov ilgari surilgan. Dastlabki sud majlislari 2017 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan, xususan, birinchi yig‘ilishlarda sud zaliga odam sig‘may ketgan. Qayd etish joiz, aynan Ahmadboyning faoliyati sabab, O‘zbekistonda moliyaviy ehromlarni tashkil qilganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Ahmadboy qo‘lga olingan dastlabki davrda uning faoliyatini to‘xtatish o‘rniga, bir necha yil davomida unga rahnamolik qilib kelgan amaldorlar, huquq-tartibot organlari vakillarining harakatlariga ham tergov jarayonida huquqiy baho berilishi aytilgandi. Ahmadboyning o‘zi qilgan ishi uchun «aholidan uzr so‘ragan». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi