10:22 / 24.02.2018
4 159

Bitta korxona bir vaqtda 200 dan ortiq “UZ” domenini sotib oldi

Bitta korxona bir vaqtda 200 dan ortiq “UZ” domenini sotib oldi
“Spot” nashri ma’lum qilishicha, “Arsenal D” kompaniyasi orqali ro‘yxatga olingan 200 domenning barchasi chiziqchali uch simvoldan iborat: a-x.uz, c-u.uz, c-m.uz, y-r.uz, u-t.uz, v-q.uz va hokazo.

Domenlar yuridik shaxs — “Djabbarov Z.” Xususiy korxonasi nomiga ro‘yxatga olingan. Xuddi avvalgi holatda bo‘lgani kabi, nima maqsadda yuzlab domenlar bir vaqtning o‘zida sotib olingani aniq emas.

Ma’lumki, “UZ” domenidagi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga ko‘ra, kiberskvotting va domen grebbing taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bitta korxona bir vaqtda 200 dan ortiq “UZ” domenini sotib oldi