4 303
Endi yo‘lovchilar poyezd va samolyotda audiokitoblar va radioinssenirovkalarni tinglab ketishlari mumkin
Endi mahalliy yo‘nalishlardagi poyezd hamda samolyotlarda milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari asosida tayyorlangan radioinssenirovkalar va audiokitoblarni alohida kanalga joylashtirishga va yangilab borishga kelishib oldindi. Bu haqda “Xabar.uz”ga O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida audiokitoblarni parvoz vaqtida yo‘lovchilarga namoyish etiladigan mediakontentga kiritish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Audiokitoblar 2018 yil may oyidan boshlab bosqichma-bosqich kiritilishi rejalashtirilgan.
Shu o‘rinda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham bu borada kerakli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. Demak, endi yerda ham, osmonda ham kitob o‘qiymiz! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi