O‘zbekisotonda YHX xodimlari joriy yilning sentyabr oyidan mini kameralar bilan ta’minlanadi. Bu haqda IIV YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov ma’lum qildi.
Ushbu tadbir bo‘yicha Bozorov quyidagilarni aytib o‘tdi:
“Bu YHX xodimlarini mini kameralari bilan ta’minlashning dastlabki bosqichi bo‘ladi. Hozirda ushbu masala yuzasidan tajriba almashinuv ishlarini olib boryapmiz. Biz xorijiy tajribani o‘rganib, xodimlarni to‘liq mini kameralar bilan ta’minlashni rejalashtirganmiz. Bu masala oson ish emas, albatta, shuning uchun buning ustida yaxshilab tajriba o‘tkazib ko‘rishimiz zarur”.
Boshqarma hozircha qancha mini kameralar sotib olganini va necha nafar xodim bu kameralar bilan ta’minlanishini ma’lum qilmadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu tadbirdan xodimlarning o‘z vazifasini suiiste’mol qilmasdan bajarishi va haydovchilar bilan rasmiy munosabatda bo‘lishini ta’minlash maqsad qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur tadbir Yevropa davlatlaridan Buyuk Britaniyada juda samarali qo‘llanadi. MDH mamlakatlaridan esa Rossiya va Belorussiyada ham ijobiy natija bergan va bu tadbir YHX xodimlari ustidan shikoyatlarning kamayishiga olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida YHX xodimlari formasiga videokamera o‘rnatilishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi