G‘ijduvon tuman IIBga, Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Yangirabod MFY, Shirinobod qishlog‘ida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Zulfiya G‘afforova ariza orqali murojaat qilib, 6 mart kuni soat 10:35 larda “Xo‘jai Jahon” savdo majmuasiga xarid qilish uchun kirgan vaqtida qo‘lidagi sumkasini kesish qo‘li bilan uning ichida bo‘lgan 900.000 so‘m naqd pullari o‘g‘irlab ketilganligini bildiradi.
Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sariosiyo MFY, Do‘stlik qishlog‘ida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan Shamsiyeva Shiringul Mirzomurodovna va shu manzilda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan G‘ulomova Nargiza Ismoilovnalar sodir qilganliklari aniqlanib, shu kunning o‘zida ularning har ikkalasi daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinganlar.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Niyozova va N.G‘ulomovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi