Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish davlat imtihonlari uchun hujjatlar sinov tariqasida respublikaning barcha tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nutqiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
«Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar o‘zlari istiqomat qilib turgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali OTM qabul komissiyasiga hujjatlarni topshirishi mumkin. Ushbu loyiha ko‘lami kelgusi yilda kengaytirilishi va hamma abituriyentlar tumanidan chiqmagan tarzda o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi», deydi vazir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida.
Ma’lumot uchun, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyiliga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi