07:32 / 09.04.2018
4 669

“Kinder” o‘yinchog‘i qutichasi ichiga yashirilgan og‘u...

“Kinder” o‘yinchog‘i qutichasi ichiga yashirilgan og‘u...
Yaqinda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahri hududida giyohvandlik moddalarini noqonuniy harakati hamda noqonuniy ravishda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida “Nazorat ostida olish” tezkor tadbiri o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida 1993 yilda tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi Kamalov Otabek (ism-shariflar o‘zgartirilgan) “Urganch avtomobil yo‘llari” kasb-hunar kolleji oldidagi yo‘l bo‘yida o‘zi boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasida tadbirga “shartli xaridor” sifatida jalb qilingan fuqaroga gugurt qutisida 4 dona oq rangli qog‘oz parchasiga o‘ralgan o‘ziga xos o‘tkir hidli, oq-sarg‘imtir rangli “geroin” giyohvandlik moddasini jami bir million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, O.Kamalov boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xizmat iti yordamida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi salonidan qayta sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan bir dona sariq rangli “kinder” o‘yinchog‘i qutichasi ichiga joylangan 6 dona oq rangli qog‘oz parchasiga o‘ralgan “geroin” giyohvandlik moddasi va avtotransport vositasining kuldoni ichidan 1 dona oq rangli qog‘oz parchasiga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Xorazm viloyat IIB ekspertlari xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan vositalar “geroin” va “marixuana” giyohvandlik moddalari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 330-sonli Qarorining 4-ilovasida O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatda “geroin” va “marixuana” giyohvandlik vositalari ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kinder” o‘yinchog‘i qutichasi ichiga yashirilgan og‘u...