09:31 / 19.04.2018
3 625

Sudyalar faoliyati yuzasidan aholi shikoyati alohida monitoring qilinadi

Sudyalar faoliyati yuzasidan aholi shikoyati alohida monitoring qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida Sudyalar faoliyati yuzasidan fuqarolarning shikoyati va murojaatlarini monitoring qilib borish komissiyasi tashkil etiladi. Bu haqda deputat Sherzod To‘xtashev Xalqaro Press-klub sessiyasida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Qonunchilik palatasi huzurida tashkil etilishi nazarda tutilgan mazkur komissiya joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z ishini boshlashi mumkin.

Deputat Sherzod To‘xtashevning aytishicha, komissiyaning asosiy vazifasi sud faoliyati yuzasidan fuqarolarning murojaat va shikoyatlarini monitoring qilib borishdan iborat. Shunday qilib, qonunchilik tizimini takomillashtirishda nation-feedback tizimini amaliyotga kiritish mumkin.

Ma’lumot uchun, deputatlar qisqa muddat ichida sud-tergov jarayonlarini shaffof qilish bo‘yicha bir nechta qonun loyihalarini ishlab chiqib, muhokamaga qo‘yishga ulgurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudyalar faoliyati yuzasidan aholi shikoyati alohida monitoring qilinadi