16:38 / 02.05.2018
6 338

Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrif buyurdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti 2017 yil iyulda viloyatga tashrifi chog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat va tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob’ektlari bunyod etildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu ishlarning sifati, islohotlarning borishi bilan tanishadi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni belgilab beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrif buyurdi