12:55 / 30.05.2018
7 851

Tovlamachilik qilayotgan “Telegram” kanali adminlari qo‘lga olindi

Товламачилик қилаётган "Telegram" канали админлари қўлга олинди
Telegramdagi “Namanganliklar” va “Namangan-cars” kanali adminlari O.T., M.A. va J.B.lar o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi “Sohil” kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSH dollari olgan paytda qo‘lga olingan.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, avvaldan yollangan bir guruh ayollar kafega kirishib ovqatdan tarakan chiqqanligini aytib janjal qilishgan va videoga olishgan hamda videoni “Namanganliklar” kanali adminiga olib borib berishgan.

Kanal adminlari esa o‘z kanalida 100 ming a’zo borligi, agar videoni kanalga chiqarsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi haqida qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilishgan.

“Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan”, - deb xabar berilgan “Xushnudbek.uz” telegram kanalida.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Biroz avval o‘sha kanalda quyidagicha xabar chiqdi.

“Namanganliklar kanali bugundan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borganligi sababli óz faoliyatini tugatdi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovlamachilik qilayotgan “Telegram” kanali adminlari qo‘lga olindi