Chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari tarkibi aniqlashtirilmoqda. Xususan, klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallarida, yer osti o‘tish joylarida, transport bekatlarida, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarida, xiyobonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida chekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda senator Gavhar Alimovaga asoslanib, Kun.uz xabar bermoqda.
“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul shaxslar va ularning majburiyatlari belgilanmoqda”, deydi Gavhar Alimova.
28 iyun kuni o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Senatining XV yalpi majlisida senatorlar “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullashdi.
Muhokama etilayotgan qonun tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlarni yuklayotganligi hamda ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilayotganligi bois “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq u rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi