11:28 / 30.06.2018
9 431

Toshkent shahrida o‘zini alohida “avtoritet” hisoblovchi Abbos Xo‘jayev suvdan quruq chiqmoqchimi?..

Toshkent shahrida o‘zini alohida “avtoritet” hisoblovchi Abbos Xo‘jayev suvdan quruq chiqmoqchimi?..
GUVOHLAR HAM HAR-XIL BO‘LARKAN
Ma’lumki, o‘g‘rilar olamining yana bir avtoritetlaridan biri, Toshkent shahar “nazoratchisi” hisoblanmish 33 yoshli Abbos Xo‘jayev 2017 yil 17 sentyabrida noqonuniy tarzda yonida 0,34 gramm geroin moddasi saqlaganlikda ayblanib, ichki ishlar xodimlari tarafidan qo‘lga olingan. Qo‘lga olish operatsiyasi poytaxtdagi kafelardan biri yonida kunduzi soat beshlarda amalga oshirilgan.

Sudda guvohlardan biri ilgari bergan ko‘rsatmalaridan tonib turib oldi. Ko‘ribsizki, Abbos Xo‘jayev oqlanish arafasida qoldi. Lekin bunday bo‘lmaydi. Sababi barchaga ayon. Abbos kabi xavfli jinoyatchilar bilan respublikadagi yuqori lavozimli shaxslar shug‘ullanishadi va ular hech qachon jinoyatchini ozodlikda qoldirishmaydi inshoolloh…

TUNGI KLUBDAGI O‘G‘RILAR YIG‘INI
Abbosning kelgusi taqdiri o‘tgan yil 16 sentyabr kuni “Brend” tungi klubida o‘g‘ri “avtoritet”lar yig‘inida kun tartibiga qo‘yilgan. Ular aytishganki, rossiyalik avtoritetlar Abbosning ishidan qoniqmagan, shu sababli undan poytaxt “nazoratchi avtoritet”ligini tortib olishni xohlashgan.

Aslida 2017 yil avgustida unga poytaxtni “topshirish”ni buyurishgan ekan. U rozi bo‘lmagan. Shunda Sag‘bon ko‘chasidagi yoqilg‘i quyish shohobchasida banditlar “Maxa” laqabli 35 yoshli Muhammadjon Qurbonovga, aniqrog‘i, Abbosning o‘ng qo‘liga hujum uyushtirib, tig‘ yordamida yuzini tilib tashlashdi. Bu o‘g‘rilar tilida Abbosni so‘nggi bor ogohlantirish hisoblanarkan.

Bunga javoban respublika ichki ishlar vazirligi maxsus xizmat vakillari o‘g‘ri, jinoyatchilarni birma-bir qo‘lga ola boshlashdi. Ana o‘shanda Abbos ham yuqorida ta’kidlanganidek, 0,34 gramm geroin bilan qo‘lga olingandi…

YURTBOSHIMIZNING ABBOS KABILAR HAQIDAGI FIKRLARI
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘inlaridan biri shunday degandi:

— Agar davlat o‘z fuqarolariga xotirjamlik va salomatlik hadya eta olmasa, fuqarolarga bunday davlatning keragi qolmaydi. Bir ko‘cha bezorisi esa barchaning ustidan hukmronlik qila olmaydi. Bilaman, Toshkent viloyatida shundaylarning bir nechtasi yuribdi haliyam. Hanuz ularning dumini kesib tashlay olmayapmiz. Jinoyatchilarning juda ko‘pini tutdik, jazoladik. Ammo o‘sha ikki-uch bandit haliyam hammasi ular xohlagandek bo‘ladi deb o‘ylayapti. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Jinoyatchilar turmaga tashlandimi, jazo muddatini o‘tayaptimi, ular ham boradi o‘sha turmaga va qilmishiga yarasha jazosini oladi. Biz arqonni sal uzun tashlab qo‘ygandik xolos. Endi unday banditlarga shafqat bo‘lmaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida o‘zini alohida “avtoritet” hisoblovchi Abbos Xo‘jayev suvdan quruq chiqmoqchimi?..