4 832
Bosh prokuratura Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olinmaganligini ma’lum qildi
Bugun, 17 iyul kuni OAVda Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqlamadi, deb yozadi «Sof.uz».
Xabarlarda sobiq hokim poraxo‘rlik va mansabni suiiste’mol qilishda ayblangan. Tegishli moddalar bo‘yicha unga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani ham yozilgan edi.
Ammo bosh prokuratura bu axborotni rasman inkor etdi.
«Rasman bayon etamizki, biz Rahmonbek Usmonovni hibsga olmaganmiz, bizda buning uchun asos yo‘q. Shuningdek, aytishim mumkinki, sobiq hokimga qarshi hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan», — ma’lum qildi idora matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.
Ayni paytda bir haftacha oldin prokuratura Usmonov tomonidan turli yillarda imzolangan, yer uchastkalari ajratilishi haqidagi qarorlarni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Lekin bosh prokuratura vakillari bu sobiq hokimni hibsga olish uchun asos bo‘lmasligini tushuntirdi.
Joriy yil aprelida Rahmonbek Usmonov poytaxt hokimligidan bo‘shatilib, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga boshliqning birinchi o‘rinbosari sifatida o‘tkazilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi