19:44 / 19.07.2018
15 788

«Bolalar» guruhining sobiq solisti - Surxondaryo viloyatining yangi hokimi (foto, video)

«Bolalar» guruhining sobiq solisti - Surxondaryo viloyatining yangi hokimi (foto, video)
12 iyun kuni Surxondaryo viloyat hokimining Samarqandga hokim bo‘lib ketgani to‘g‘risida xabar bergan edik. O‘z navbatida, Surxondaryoga Toshkent viloyati prokurori Bahodir Po‘latov yangi hokim etib tayinlangan edi.

Surxondaryoning yangi hokimi bir paytlar san’at olamida ham mashhurlikka erishgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bahodir Po‘latov afsonaviy «Bolalar» guruhining asoschilaridan biri bo‘lgan.

«Bolalar» guruhi 1989 yilda tuzilgan bo‘lib, unda xonanda Tohir Sodiqov bilan Bahodir Po‘latov birga kuylagan. Darvoqe, viloyat hokimi tomonidan tuzilgan «Bolalar» guruhi katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Guruh Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib AQShda musiqiy chiqish qilgan va «iTunes» albomiini yaratgan.

Quyida «Bolalar» guruhining chiqishlaridan birini tomosha qilishingiz mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bolalar» guruhining sobiq solisti - Surxondaryo viloyatining yangi hokimi (foto, video)