10:57 / 02.08.2018
5 020

O‘zbekistonda ichimlik suvi narxini bir necha barobar oshirish haqida petitsiya e’lon qilindi

O‘zbekistonda ichimlik suvi narxini bir necha barobar oshirish haqida petitsiya e’lon qilindi
Foto: «Xs.uz»
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida ichimlik suvining narxini bir necha barobar qimmatlashtirish taklif etilgan petitsiya e’lon qilindi.

«Pulini to‘layapman-ku, deb xohlaganicha isrof qilayotganlarni yoz kunlari haddan ziyod ko‘p ko‘ryapmiz. Ayniqsa, hovlilarda yashovchi fuqarolar ichimlik suvini shunchaki ko‘chaga sepib, hamma yerni salqinlashtirish evaziga juda ko‘p miqdordagi toza ichimlik suvini uvol qilmoqda. Ichimlik suvi uchun eng arzon narx 1 kubometr uchun 345 so‘m bo‘lsa, shu narxni bir necha barobar — 2000 so‘mgacha yoki undan ham qimmatroq qilsak, ehtimol aholi ichimlik suvini uvol qilmas. Suvni asrashning yana boshqacha usullari bordir, ammo bu eng samarali yo‘llardan biri», — deyiladi murojaatda.

Taklif muallifining fikricha, bu orqali tizimda ishlaydigan xodimlarning maoshi oshiriladi va ular ham sifatli xizmat ko‘rsatadi. Ularning hozirgi xizmatlari fuqarolarni qoniqtirmaydi. Ulardagi mashinalar, asbob-uskunalar esa moddiy va ma’nan eskirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ichimlik suvi narxini bir necha barobar oshirish haqida petitsiya e’lon qilindi