21:38 / 21.09.2018
6 283

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” vagonlar nima sababdan agʻdarilib ketganini maʼlum qildi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” vagonlar nima sababdan agʻdarilib ketganini maʼlum qildi
Bugun, 21 sentyabr kuni, soat taxminan 11:30larda Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzelining “Hamza” temir yoʻl stansiyasida transport hodisasi yuz berdi - gʻalla tashuvchi vagonlarning agʻdarilishi.

“Ushbu hodisa «Oltin tegirmon” MCHJ XK korxonasi ishchilari tomonidan yuk vagonlarini yuklash hamda yuk tushirish texnologiya jarayoni qoʻpol tarzda tuzilgani bilan bogʻliq», - deya xabar berishgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari”dan.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xodimlari kuchi bilan qisqa muddat ichida roʻy bergan hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrildi. Temir yoʻlning ushbu qismida poyezdlar harakati toʻxtatilmadi.

Hodisa tekshiruvdan oʻtkaziladi. Yetkazilgan zarar miqdori “Oltin tegirmon” MCHJ XK korxonasiga taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda yuk poyezdining ikkita vagoni agʻdarilib ketgani xabar berilgandi.

IIBB maʼlumotlariga koʻra, agʻdarilib ketgan vagonlar tufayli toʻsiqlar va qisman - temir yoʻl yaqinida joylashgan uylarning qoʻshimcha inshootlari devori vayron boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Oʻzbekiston temir yoʻllari” vagonlar nima sababdan agʻdarilib ketganini maʼlum qildi