18:08 / 25.09.2018
7 048

Elektr energiyasi tarmogʻiga noqonuniy ulanish jinoyati yuzasidan

Elektr energiyasi tarmogʻiga noqonuniy ulanish jinoyati yuzasidan

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini taʼminlash boʻyicha samarali ishlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga ham asosiy eʼtiborni qaratmoqda.

Xususan, Byuroning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Suvliq” qishlogʻida yashovchi fuqaro X.D.ning yashash uyi va yordamchi xoʻjaliklari koʻzdan kechirilganda, dona qoʻl bola usulda tayyorlangan juvoz, chigit, yogʻ va kunjara mahsuloti hammasi boʻlib, 5 turdagi jami 3.875.586 soʻmlik mahsulotlar tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida protsessual rasmiylashtirib olingan. Fuqaro X.D Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2009 yildagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini qoʻpol ravishda buzib, yashash xonadonining yordamchi xoʻjalik xonasida oʻrnatilgan qoʻlbola usulda tayyorlangan 1 dona elektr moy juvoz oʻrnatib, 36 oy davomida davlat va jamoat manfaatlariga 26 477 280 soʻm moddiy zarar yetkazgan.

Fuqaro X.D. Jinoyat kodeksi 1862-moddasining 1-qismi va 1852-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan bir yil olti oy ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr energiyasi tarmogʻiga noqonuniy ulanish jinoyati yuzasidan