09:25 / 01.10.2018
6 021

Abituriyent DTM xatosini isbotlab berdi va byudjetga oʻqishga kirdi

Abituriyent DTM xatosini isbotlab berdi va byudjetga oʻqishga kirdi
Saidazim Siddiqjonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga shartnoma asosida qabul qilingan edi, lekin talaba Davlat test markazi bilan “bahslashib”, davlat granti asosida oʻqishga oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda oʻquv markazi oʻzining Gʻacebookdagi sahifasida.

Gap shundaki, test jarayonida kimyo fanidan berilgan savollardan biriga umuman toʻgʻri javob varianti keltirilmagan edi. Saidazim Siddiqjonov DTM mutaxassislariga buni isbotlab berdi va uning umumiy baliga 2,9 ball qoʻshildi.

Saidazim Siddiqjonov davlat granti asosida oʻqishga kirishga 0,9 ball yetmay kontraktga oʻtib qolgan edi. Endi esa, oʻz huquqlari uchun oxirigacha kurashgan talaba, 6 yil davomida davlat granti asosida oʻqiydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyent DTM xatosini isbotlab berdi va byudjetga oʻqishga kirdi